qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jamiyat | 18:13 1657 2 daqiqa o‘qiladi Oqqo‘rg‘onda er xotinini o‘lasi qilib urdiToshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida turmush o‘rtog‘ini urgan 37 yoshli erkak qo‘lga olingan. Ayol jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Foto: Videodan kadr
24 yoshli ayolning eri tomonidan o‘lasi qilib kaltaklanib, Chinozdagi kasalxonada yotgani aytilgan xabarlar yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, 16 yanvarda Oqqo‘rg‘on tumanida 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro K.G. va uning 2001 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i Sh.U. o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik kelib chiqqan. Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, unga tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi Chinoz tumani tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan. Ayolning eri protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 126(1)-moddasi (oilaviy maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
IIBB tergov harakatlari davom etayotgani, jabrlanuvchining tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanganini ma’lum qildi. “Holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Tergov yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, – deyiladi rasmiy munosabatda.
09:56
17:50 / 21.01.2025
12:25 / 10.01.2025
21:11 / 09.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment