menu
Lukashenko 23 nafar siyosiy mahbusni afv etdi.
Belarus prezidenti «ekstremizm» moddasi bo‘yicha qamalgan yana bir guruh fuqarolarni afv etdi. Ularning ismlari oshkor etilmadi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 15:20 214 2 daqiqa o‘qiladi Lukashenko 23 nafar siyosiy mahbusni afv etdi

Belarus prezidenti «ekstremizm» moddasi bo‘yicha qamalgan yana bir guruh fuqarolarni afv etdi. Ularning ismlari oshkor etilmadi.

Foto: FotoDax / Shutterstock

Aleksandr Lukashenko Belarusda «ekstremizm» moddasi bo‘yicha qamalgan 23 kishini afv etdi. Bu haqda uning matbuot xizmatiga tegishli «Pul pervogo» kanali xabar berdi.

Afv etilgan siyosiy mahbuslar ismi oshkor etilmagan. Ma’lum qilinishicha, uch nafar ayol va 20 nafar erkak afv etilgan bo‘lib, ularning 14 nafarida surunkali kasalliklar mavjud.

Lukashenko matbuot xizmatining qayd etishicha, ularning barchasi «qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, kechirim so‘ragan».

So‘nggi oylarda Belarusda bir necha bor siyosiy mahbuslar ozod etildi. Xususan, 16 avgust kuni Lukashenko 30 nafar mahbusni afv etgan bo‘lsa, 4 sentabrda — 30 kishi, 16 sentabrda — 37 mahbus, noyabr boshlarida — 31 kishinoyabr oxirlari va dekabrda esa jami 84 mahbus ozodlikka chiqdi.

2020 yil 9 avgust kungi prezidentlik saylovlaridan keyin Lukashenkoning g‘alabasi e’lon qilingach, Belarusda yarim yildan ortiq vaqt ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Muxolifat Lukashenkoning iste’fosini, siyosiy mahbuslar ozod etilishi va yangi saylovlar o‘tkazilishini talab qildi. Norozilik aksiyalari kuchishlatar tuzilmalar tomonidan bostirilganidan keyin to‘xtagan va namoyishlarda ishtirok etgan ko‘plab fuqarolar hibsga olingan edi.

09:21

10:52 / 16.01.2025

08:32 / 08.01.2025

19:21 / 07.01.2025

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!