menu
Hisorak suv ombori haqida yolg‘on xabar tarqatganlar jinoiy jazoga tortildi.
Tarqatilgan yolg‘on xabar 150 dan ortiq oila o‘z uyini tashlab, yashash uchun vaqtincha boshqa hududlarga ko‘chib o‘tishiga sabab bo‘lgan. Buning oqibatida ularga qariyb 400 mln so‘mlik zarar yetgan.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

O‘zbekiston | 16:43 317 3 daqiqa o‘qiladi Hisorak suv ombori haqida yolg‘on xabar tarqatganlar jinoiy jazoga tortildi

Tarqatilgan yolg‘on xabar 150 dan ortiq oila o‘z uyini tashlab, yashash uchun vaqtincha boshqa hududlarga ko‘chib o‘tishiga sabab bo‘lgan. Buning oqibatida ularga qariyb 400 mln so‘mlik zarar yetgan.

Foto: Videodan kadr

Hisorak suv ombori bo‘yicha yolg‘on axborot tarqatgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi.

Kun.uz tanishgan sud hujjatida keltirilishicha, 2024 yilning 10 iyun kuni Shahrisabz tumanidagi Hisorak suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochilishi jarayonida yoriq paydo bo‘lgan hamda suv sizib chiqqan. Tuzilgan ishchi guruh tomonidan mazkur holat to‘liq bartaraf etilgan. Tuman hokimi va viloyat FVB boshlig‘i vahimaga o‘rin yo‘qligi bo‘yicha bayonot bergan.

Shunday bo‘lsa ham D.K. va U.Sh. ijtimoiy tarmoqlarda odamlarni vahimaga soladigan yolg‘on axborot tarqatgan. Jumladan, ular hodisa joyiga borib kelishgani, suv ombor umuman yamalmagani, mas’ullar aholini tinchlantirish uchun haqiqatni yashirayotganini bildirgan va hududda yashovchi odamlarni o‘z choralarini ko‘rishga chaqirgan.

Buning oqibatida tumanning Shamaton, Temirchi, Big‘mi, Mevazor, Baynalminal ham Chuqun mahallalarida yashovchi 150 dan ortiq oila o‘z uylarini tashlab, vaqtincha boshqa hududga ko‘chib ketishgan. Bu esa (ijara puli, ko‘chib ketish va oziq-ovqat xarajatlari) ularga jami 380 mln 750 ming so‘mga tushgan.

Sud hukmi bilan D.K. va U.Sh. Jinoyat kodeksining 244-6-moddasi 4-qismi “b” bandida (yolg‘on axborot tarqatish juda ko‘p miqdorda zarar yetkazish yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilgan. Ularning har ikkisiga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Shuningdek, ularga ommaviy tadbirlarda ishtirok etmaslik, internetdan foydalanmaslik, Qashqadaryo viloyati hududidan chetga chiqmaslik kabi qo‘shimcha cheklovlar o‘rnatilgan.

Hisorak suv omboridan suv sizib chiqqani haqida xabar 2024 yilning 11 iyun kuni tarqalgan edi. Ko‘p o‘tmay Shahrisabz tuman hokimi Samad Hasanov hamda Qashqadaryo viloyati FVB boshlig‘i Farhod Mirzayev Hisorak suv ombori oldida turib, holat bo‘yicha videomurojaat yo‘lladi. Keyinchalik bu haqda yolg‘on axborot tarqatganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

12:53 / 15.01.2025

11:50 / 03.09.2024

12:04 / 26.07.2024

21:36 / 11.06.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!