menu
Hamas garovga olingan ayrim shaxslarni hafta oxirigacha ozod qiladi.
TSAHAL 33 nafar garovga olinganlarning oilalariga ularning yaqinlari Isroilning Hamas bilan kelishuvi birinchi bosqichida ozod etilishini aytdi. Dastlabki asirlar 19 yanvardayoq ozod etilishi mumkin edi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 13:20 281 3 daqiqa o‘qiladi Hamas garovga olingan ayrim shaxslarni hafta oxirigacha ozod qiladi

TSAHAL 33 nafar garovga olinganlarning oilalariga ularning yaqinlari Isroilning Hamas bilan kelishuvi birinchi bosqichida ozod etilishini aytdi. Dastlabki asirlar 19 yanvardayoq ozod etilishi mumkin edi.

Foto: Itai Ron / Reuters

Isroilning o‘g‘irlab ketilgan va bedarak yo‘qolganlar ishi bo‘yicha boshqarmasi 2023 yil 7 oktyabr kuni Isroilga qilingan hujum chog‘ida Hamas va boshqa Falastin guruhlari tomonidan garovga olingan 33 kishining oilalariga, ularning yaqinlari Hamas va Isroil o‘rtasidagi kelishuvning birinchi bosqichida ozod etilishi haqida rasman xabar berdi. Bu haqda 17 yanvar, juma kuni ozod etilishi kerak bo‘lganlar ro‘yxatini e’lon qilgan Isroil ommaviy axborot vositalari ma’lumot tarqatdi.

Unga kibutsalar va "Nova" musiqa festivalidan o‘g‘irlab ketilgan besh ayol, ikki bola, Isroil ozodlik armiyasida (TSAHAL) xizmat qilgan besh ayol, 50 yoshdan oshgan 10 erkak va 50 yoshgacha bo‘lgan 11 kishi bor. Ozodlikka chiqariladiganlar orasida Nir-Oz kibutsasiga hujum paytida oilasi bilan asirga olingan Rossiya va Isroil fuqarosi Aleksandr Trufanov ham bor. Uning otasi o‘ldirilgan. Trufanovning onasi va buvisi 2023 yilning noyabrida, kelini esa dekabr oyida Hamas bilan kelishuv doirasida ozod etilgan.

Bir kun avval Rossiya TIV tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov va Hamas siyosiy byurosi raisi o‘rinbosari Musa Abu-Marzuq o‘rtasidagi telefon suhbati haqida xabar bergan edi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Bogdanov avvalroq Hamasning xorijdagi siyosiy byurosi raisi Xolid Mash’al bilan gaplashgan. Aytilishicha, muzokaralar chog‘ida Bogdanov Trufanovni zudlik bilan qo‘yib yuborishni talab qilgan.

Isroil hukumati Hamas bilan kelishuvni tasdiqladi

Isroil hukumati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olganlarni ozod qilish bo‘yicha Hamas guruhi bilan kelishuvni nihoyat tasdiqladi. Bu haqda 18 yanvarga o‘tar kechasi bosh vazir Binyamin Netanyahuning idorasi xabar berdi.

Bosh vazir idorasi o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish 19 yanvar, yakshanba kuniyoq boshlanishini aytdi. Vazirlar mahkamasi yig‘ilishi sakkiz soat davom etdi.

Amerikaning Axios portaliga ko‘ra, Netanyahu koalitsion hukumatidagi 24 vazir kelishuv uchun ovoz bergan, sakkiz nafari qarshi chiqqan. AP agentligi ta’kidlaganidek, hukumat yig‘ilishi yahudiylarning shabat kuni ishlamaslik an’analariga zid ravishda o‘tkazildi, bu faqat istisno hollarda bo‘ladi.

2023 yil 7 oktyabr kuni G‘azo bo‘lgasidagi Hamas kuchlari Isroilga yoppasiga raketa zarbalari berib, chegaradagi aholi punktlarini egallay boshladi. Bunga javoban Isroil qo‘shinlari G‘azo bo‘lgasiga bostirib kirdi. Bu safargi eskalatsiya avval kuzatilmagan darajada ko‘p qurbonlarga olib keldi.

08:04

22:06 / 17.01.2025

19:31 / 17.01.2025

21:50 / 16.01.2025

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!