menu
Davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqni ta’minlash bo‘yicha maslahat-kengashi tuziladi.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Davlat organlarining rahbarlari xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlari, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillari ishtirokida maslahat-kengash organlarini tuzishi mumkin.

Davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha vakolatli mansabdor shaxs belgilanadi va bu  majburiyatlarni bajarish davlat organi rahbarining o‘rinbosarlaridan biri zimmasiga yuklatiladi.

Belgilab qo‘yilishicha:

Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi organlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha namunaviy nizom tasdiqlanadi:

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi organlari faoliyatini samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda uslubiy-amaliy ko‘maklashib boradi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!