menu
CNN: Tramp yordamchilariga Putinga qo‘ng‘iroqni tashkillashtirish haqida buyruq berdi.
Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishganidan so‘ng birinchi kunlarda Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukraina bo‘yicha uchrashuv yuzasidan kelishib olish niyatida, deya xabar beradi CNN manbalari.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 12:10 1873 2 daqiqa o‘qiladi CNN: Tramp yordamchilariga Putinga qo‘ng‘iroqni tashkillashtirish haqida buyruq berdi

Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishganidan so‘ng birinchi kunlarda Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukraina bo‘yicha uchrashuv yuzasidan kelishib olish niyatida, deya xabar beradi CNN manbalari.

Foto: Reuters/Getty Images

Donald Tramp o‘z yordamchilariga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbatini tashkil etishni topshirdi, uning davomida AQShning saylangan prezidenti Putin bilan Ukrainadagi urushni tugatish variantlarini muhokama qilish uchun shaxsiy uchrashuvni kelishib olish niyatida. Bu haqda 19 yanvar, yakshanba kuni CNN manbalarga tayangan holda o‘z saytida ma’lum qildi. Ularning fikricha, suhbat Tramp davlat rahbari lavozimiga kirishganidan keyingi dastlabki kunlarda bo‘lib o‘tishi kerak.

Saylov kampaniyasi davomida Donald Tramp prezidentlik qasamyodini qabul qilganidan keyin 24 soat ichida Ukrainadagi urushni tugatishga va’da bergan edi. Biroq, endi u bu va’dasini bajara olmaydiganga o‘xshaydi. Tramp va uning jamoasi Ukraina bo‘yicha yangi prezidentlik muddatining birinchi oylarida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan kelishuv loyihasi ustida ishlashni tezda boshlashga umid qilmoqda, deb yozadi nashr.

Ukraina bo‘yicha Tramp-Putin muloqotiga tayyorgarlik

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Trampning milliy xavfsizlik guruhi AQSh saylangan prezidenti va Vladimir Putin o‘rtasidagi qo‘ng‘iroqqa bir necha hafta oldin tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. Ushbu suhbatning sanasi kelishilganmi yoki yo‘qmi, hozircha ma’lum emas.

2024 yil dekabrida Putin Tramp bilan istalgan vaqtda uchrashishga tayyorligini aytgan edi. Keyinroq Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov VGTRK jurnalisti Pavel Zarubin bilan suhbatda: «Odatda, hokimiyat tepasiga kelgan prezident... birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qiladi», deya Amerika tomoni qo‘ng‘iroq tashabbusi bilan chiqishi mumkinligini nazarda tutdi. 

Serbiya va Shveytsariya allaqachon Donald Tramp va Vladimir Putinning ehtimoliy uchrashuvi uchun joy ajratishga tayyorligini ma’lum qilgan. Trampning inauguratsiyasi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

09:33

00:12

17:10 / 19.01.2025

16:13 / 19.01.2025

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!