menu
«Barselona» va «Atletiko»da dahshatli kambek. Kun o‘yinlari.
Darvozabonning xatolari «Barsa»ga qimmatga tushishi mumkin edi, ammo «Benfika» darvozaboni ham undan qolishmadi va mavsumning eng kulgili golini o‘tkazib yubordi. «Liverpul» yo‘qotishsiz ketmoqda.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Sport | 10:13 6352 17 daqiqa o‘qiladi «Barselona» va «Atletiko»da dahshatli kambek. Kun o‘yinlari

Darvozabonning xatolari «Barsa»ga qimmatga tushishi mumkin edi, ammo «Benfika» darvozaboni ham undan qolishmadi va mavsumning eng kulgili golini o‘tkazib yubordi. «Liverpul» yo‘qotishsiz ketmoqda.

Foto: Getty Images

Lissabonda to‘qqiz gol

Benfika  Barselona 4:5
Gollar: Pavlidis (2, 22, 30 penalti), Arauxo (68, avtogol) — Levandovski (13 penalti, 78 penalti), Rafinya (64), Garsiya (87), Rafinya (90+6). 
Benfika – Trubin, Fernandes, Otamendi, Antoniu Silva, Tomash Arauju, Ko‘kchu (Rolheyser, 80), Florentinu, Eursnes (Barreyro, 61), Skellerup (Di Mariya, 71), Pavlidis (Amduni, 80), Akturko‘g‘li (Ba, 71).
Barselona – Shesni, Balde (Ferran Torres, 74), Kubarsi, Arauxo, Kunde (Garsiya, 74), Pedri, Kasado (de Yong, 62), Rafinya, Gavi (Lopes, 62), Yamal (Martin, 90+2), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Gavi (36), Kunde (66), Fernandes (76), de Yong (90+4), Lopes (90+9). 

«Barselona»ning «Da Luj»ga oldingi tashrifi (0:3) ko‘k-anorranglilar jamoasi uchun dahshatli tush bo‘lib qolgandi. «Benfika» futbolchilari esa kuchli starti bilan o‘sha o‘yinni yana bir bor yodga solib yubordi. «Burgutlar» 2-daqiqadayoq hisobni ochishdi, Pavlidis Karrerasning qanotdan uzatmasini golga aylantirdi.

Ammo Hansi Flik jamoasi tezda o‘zini qo‘lga oldi va Levandovski Balde ishlagan penaltidan hisobni tenglashtirdi.

Polshalik to‘purar YeChLda 18-marta 11 metrlik jarima zarbasidan gol urib, bu borada Messi bilan tenglashib oldi.

Faqat mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘lgan Gavi darvozabonni aldab o‘ta olmadi, birozdan keyin keraksiz vaziyatda jarima maydonini tashlab chiqqan Shchensni Balde bilan to‘qnashib ketdi, to‘pga ega chiqqan Pavlidis esa uni bo‘sh darvozaga yumalatib yubordi.

Turning markaziy o‘yinida «Barsa» darvozaboni qiliq ko‘rsatishda davom etdi va bir necha daqiqa o‘tib penaltiga sababchi bo‘ldi. Pavlidis navbatdagi sovg‘ani mamnuniyat bilan qabul qilib, 30-daqiqada het-trikni nishonladi. Bungacha YeChL doirasidagi o‘yinlarda Faustino Asprilya, Andrey Shevchenko va Mbappe ham kataloniyaliklar darvozasiga bir o‘yinda uchta gol urishgandi, ammo ularning hech biri bunga bu qadar qisqa muddatda erishmagan.

Ikkinchi bo‘limda esa Trubin ham Shchensnidan qolishmaslikka harakat qilib, turnirning joriy mavsumidagi eng kulgili golni o‘tkazib yubordi. «Benfika» posboni to‘pni uzoqlashtirishga urinib, jarima maydoni tashqarisida turgan Rafinyaning boshini mo‘ljalladi va to‘p qaytib darvoza to‘riga borib tushdi. Ammo bu hali hammasi emasdi. Bir necha daqiqa o‘tib Arauxo Pavlidisni pokersiz qoldirdi va to‘pni o‘zi darvozaga kiritib yubordi. Yamal esa mehmonlar uchun ikkinchi penaltini ishladi va Levandovski bu safar ham bexato zarba berib, 19-penalti bilan Krishtianu Ronalduning rekordini takrorlab, o‘yinga intrigani qaytardi. 87-daqiqada Pedrining Erik Garsiyaga uzatmasi bilan hisob tenglashdi.

The cross from Pedri 🎯
Jones 🤝 Salah
That Ferran Torres pass 😮
Barseghyan's through ball 😎#UCLassiss | @Lays_football pic.twitter.com/jwegFL1wvd

Shuning o‘zi ham futbol uchun haqiqiy bayram edi, ammo hisob 4:4 ko‘rinishiga kelganidan keyin ham hech kim to‘xtashni istamadi.

Szczęsny one-on-one 💪
Majecki in inspired form 👏
Trubin stretches high 🙌

Best save❓@QatarAirways | #LetsFly pic.twitter.com/mEIbt30XuQ

Avvaliga Shchensni Di Mariya bilan duelda ustun kelib, aybini yuvdi, qo‘shimcha daqiqalarda esa Rafinya qarshi hujumda yuzaga kelgan imkoniyatdan ajoyib foydalandi. U o‘z odatiga ko‘ra shoshilmadi va avvaliga finti bilan himoyachini yo‘ldan olib, keyin aniq zarba berdi. Hansi Flik jamoasi Portugaliya poytaxtida jar yoqasidan qaytdi va raqibning o‘zini jarga uloqtirdi. Bu g‘alaba amalda 1/8 final yo‘llanmasini kafolatladi. So‘nggi turda «Atalanta»ga qarshi kechadigan o‘yinda mag‘lubiyat ham jamoa uchun yetarli bo‘lishi mumkin.

Raphinha's incredible late winner 🤯
Flamingo's thunderous volley 🦩@Heineken | #UCLGOTD

Rekordning qulashi

Atalanta — Shturm 5:0
Gollar: Retegi (12), Pashalich (58), de Ketelare (63), Lukman (90), Breshianini (90+5).
Atalanta – Karnezekki, Kolashinats (Jisshiti, 71), Xin, Toloy, Samarjich (Breshianini, 64), Zappakosta, de Ron (Ederson, 64), Pashalich, Palestra (Kuadrado, 46), Retegi (Lukman, 46), de Ketelare.
Shturm – Sxerpen, Lavale, Vyutrix, Ayvu, Malich, Gorens-Stankovich, Kiteyshvili (Grgich, 90), Chukvuani (Hirlender, 78), Yalkuyye (Zvonarek, 69), Beving (Xorvat, 70), Kamara (Jatta, 46).
Ogohlantirish: Samarjich (36).

YeChLning joriy yildagi ilk ikki o‘yinidan birida «Shturm» kutilganidek «Atalanta» hujum chizig‘iga qarshi hech narsa qila olmadi. Italiyaliklar tanaffusdan keyin to‘rtta gol urishdi, shundan ikkitasini — oxirgi daqiqalarda. Ademola Lukman va Sharl De Ketelare «gol+pas» bo‘yicha 2 tadan (1+1) ochko ishlashdi. Ularning ikkinchisi yetti tur davomida allaqachon to‘qqiz ball (4+5) to‘plab bo‘lgan va belgiyalik futbolchilar orasida De Bryuynega tegishli bo‘lib turgan turnir rekordini yangilagan.

«Atalanta» o‘yinning 61 foiz vaqtida to‘pga egalik qilib, 25 zarba yo‘lladi (to‘qqiztasi — darvoza sohasiga to‘g‘ri bordi), 12 bor burchak zarbasi ijro etdi hamda kutilgan gol bo‘yicha 5,49 Xg ko‘rsatkichini qayd etdi. «Shturm» pley-offga chiqish imkoniyatini butkul yo‘qotdi, «Atalanta» esa hamon top-8 uchun kurashda qolmoqda.

Monako — Aston Villa 1:0
Gol: Singo (8). 
Monako – Mayetski, Mavissa Elebi, Kerer, Singo, Vanderson, Zakariyo (Teze, 79), Kamara (Magassa, 65), Ben-Segir (Golovin, 66), Minamino (Mishal, 78), Akliush, Embolo.
Aston Villa – Martines, Din (Matsen, 67), Mingz, Konsa, Kesh, Tilemans, Kamara, Buendia (Bogarde, 86), Rojyers (Remzi, 86), Beyli (Duran, 57), Uotkins.
Ogohlantirishlar: Din (49), Rojyers (82), Kamara (90+2).

«Monako» esa bu mavsumda o‘z maydonida yaxshi o‘ynamoqda — Chempionlar ligasidagi to‘rt uy uchrashuvidan uchtasida g‘alaba. «Aston Villa»ni mag‘lub etish uchun birgina standart vaziyat yetarli bo‘ldi. Mehmonlar darvozaboni Emiliano Martines bir markaziy himoyachining (Tilo Kerera) zarbasini qaytardi, ammo ikkinchisi (Uilfrid Singo) qaytgan to‘pni darvozaga kiritib yuborishiga hech kim xalaqit qilolmadi. Qolgan vaqt davomida ikki jamoada ham gol urishga imkoniyatlar bo‘ldi, ammo hisob o‘zgarmay qoldi.

Monegaskliklar to‘plangan ochkolar soni bo‘yicha Unai Emeri jamoasi bilan tenglashib oldi va top-8 uchun imkoniyatlarini yaxshiladi. Keyingi chorshanbada «Inter»ga qarshi kechadigan uchrashuv hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

«Liverpul»da 100 foizlik natija

Liverpul  Lill 2:1
Gollar: Saloh (34), Elliot (67) — Devid (62). 
Liverpul – Alisson, Tsimikas, van Deyk, Kuansa, Bredli (Aleksander-Arnold, 86), Jons (Mak Allister, 46), Gravenberh (Elliot, 46), Soboslai (Endo, 63), Dias (Keza, 75), Nunes, Saloh.
Lill – Shevale, Gudmundsson (Ismaili, 74), Alessandro, Diakite, Mandi, Andre, Mukau (Buaddi, 74), Kabella (Sahraui, 63), Haraldsson, Bakker (Mene, 63), Devid.
Ogohlantirishlar: Mandi (35), Andre (88), Mak Allister (90+3), Elliot (90+4). 
Chetlatish: Mandi (59).

«Lill» joriy mavsumda «Real» va «Atletiko»ni yengib, barchani hayron qoldirdi. Qolaversa, Bryuno Jyenezio doimiy ravishda rotatsiyaga qo‘l urib, YeChLda barcha asosiy futbolchilarini ham o‘ynatmayapti. «Enfild»da ham mehmonlar dadil harakat qilishdi, ammo qizillarning o‘z uslubidagi qarshi hujumi qurboni bo‘lishdi. Tsimikas maydon markazida to‘pni olib qo‘ydi, Jons Salohning yo‘liga pas berdi va misrlik hujumchi mersisaydliklar tarixida yevrokuboklarda 50 gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Tanaffusga qadar uning gollari soni ortishi mumkin edi, ammo to‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi. Ikkinchi bo‘limda esa Mandi Luis Diasga ishlatgan qo‘polligi uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Odatda Arne Slot jamoasiga qarshi o‘yinda raqib uchun shu bilan barchasi tugaydi, ammo «Lill» mardonavor kurashdi va o‘n kishi holatida hisobni tenglashtirishga erishdi. Mehmonlar to‘purari Jonatan Devid turnirning joriy mavsumida «Liverpul» maydonida gol urgan ilk futbolchi bo‘ldi.

Ammo fransuzlar jamoasining 22 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi (YeChLda besh o‘yin) baribir barham topdi. Slot yana Elliotni o‘z vaqtida maydonga tushirdi. Ushbu futbolchi APLning so‘nggi turida hal qiluvchi golli uzatmani amalga oshirgandi, bu safar esa jarima maydonidan qaytgan to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi. Yetti o‘yin — yetti g‘alaba. Angliya chempionati top-8 yo‘llanmasini kafolatladi, oxirgi turda Eyndhovenda kechadigan o‘yin esa mersisaydliklar uchun faqat g‘alabali seriyani davom ettirish imkoniyati sifatida qiziq.

Irodali «Atletiko»

Atletiko  Bayyer 2:1
Gollar: Alvares (52, 90) — Inkapie (45+1). 
Atletiko – Oblak, Galan (Reynildu, 46), Simeone (Lino, 87), Langle, Ximenes, Molina, Grizmann (Korrea, 87), Barrios, De Paul, Lorente, Alvares (Le Norman, 90+2). 
Bayyer – Kovarj, Inkapie, Tapsoba, Ta, Mukiyele (Shik, 46), Palasios, Jaka, Grimaldo, Virts, Frimpong (Artur, 82), Tella (Hofmann, 68).
Ogohlantirishlar: Virts (44), Tella (45+2), Ximenes (45+2), Inkapie (45+4), Simeone (66).
Chetlatishlar: Barrios (25), Inkapie (76).

«Atletiko» bu turnirda kuchli o‘ynamoqda, ammo «Bayyer» ham Madriddagi o‘yinni yorqin o‘tkazdi. Mehmonlar birinchi bo‘lim o‘rtalarida son jihatdan ustunlikka erishishdi, arbitr VAR tuzatishi bilan Barriosga qizil kartochka ko‘rsatdi, bo‘lim oxirida Inkapiye mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Habi Alonso esa bir gol bilan cheklanmoqchi emasdi va tanaffusda golli pas muallifi bo‘lgan himoyachi Mukiyele o‘rniga hujumchi Patrik Shikni tushirdi.

Ammo Diyego Simeone shogirdlari yana bir bor xarakter ko‘rsatdi. «Matraschilar» og‘ir pallalarda matonat ko‘rsatishga odatlangan. «Bayyer» raqibni taslim etishga urinib, to‘liq kuch bilan hujumga o‘tganida qarshi hujumni o‘tkazib yubordi. Alvares Grizmanning uzatmasidan keyin to‘p uchun kurashib, Jonatan Tani xato qilishga majbur qildi va hisobni tenglashtirdi.

79-daqiqada nemislar jamoasining yagona goli muallifi Inkape ham maydondan chetlatildi, 90-daqiqada esa Alvares zaxiradan tushgan Korreaning uzatmasidan keyin g‘alaba golini urdi. Hulian bu mavsumda o‘z jamoasini topdi va YeChLdagi sermahsullik bo‘yicha o‘z rekordini yaxshiladi (6 gol).

«Bayyer» 2024 yil noyabridan buyon ilk bor yutqazdi va chorshanba kungi o‘yinlar natijalariga ko‘ra kuchli sakkizlikni tark etishi mumkin. «Atletiko» esa umumiy jadvalda uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Dortmundda inqiroz

Bolonya  Borussiya D 2:1
Gollar: Dallinga (71), Ayling (72) — Girassi (15, penalti). 
Bolonya – Skorupski, Likoyannis, Lukumi (Kazale, 63), Bekema, Holm, Pobega (Moro, 87), Froyler (Odgor, 46), Ndoyye, Fergyuson, Orsolini (Ayling-Junior, 35), Kastro (Dallinga, 63).
Borussiya D – Kobel, Ryuerson, Shlotterbek, Anton, Gross (Yan Kouto, 75), Reyna (Jan, 64), Nmecha, Bayyer, Gittens, Girassi (Brandt, 75), Dyuranvil (Adeyyemi, 64).
Ogohlantirishlar: Holm (14), Froyler (19), Lukumi (60), Bayyer (62), Adeyyemi (81), Kouto (82), Ryuerson (89), Fergyuson (90).

O‘yindan bir necha kun oldin Italiyadagi o‘yin yomon natija bilan yakunlanadigan bo‘lsa, «Borussiya» Nuri Shahinni iste’foga chiqarishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi. Mehmonlar o‘yinni yaxshi boshlashdi — Seru Girassi penaltini aniq ijro etdi. Ammo «Borussiya» birinchi bo‘lim davomida bir necha daqiqa ichida barchasini barbod qildi. 1:0 hisobi 1:2 ga o‘zgardi, «Bolonya»ning ikkinchi goli urilgan epizodda Valdemar Anton qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.

Bunga qadar olti turda birgina gol urgan «Bolonya» dortmundliklardagi inqirozdan foydalanib qoldi va YeChLdagi ilk g‘alabasini nishonladi. «Borussiya» esa yangi murabbiy izlashni boshlashi mumkin.

Bryugge  Yuventus 0:0
Bryugge – Miniole, de Keyper, Mexele, Ordones, Sabbe (Seys, 69), Yashari, Nvadike, Tsolis (Vetlesen, 78), Vanaken, Talbi (Meyyer, 90), Yutgla (Nilsson, 69).
Yuventus – Di Gregorio, Kambiyazo, Kalulu, Gatti, Savona, Duglas Luis (Tyuram, 76), Lokatelli, Mbangula (Yildiz, 66), Kopmeyners (Makkenni, 76), Vea (Konseysau, 66), Gonsales (Vlahovich, 76).
Ogohlantirishlar: Kopmeyners (38), Konseysau (77).

Belgiyada esa o‘yin davomida tinchlik hukm surdi. 90 daqiqa davomida ikki jamoa bir bo‘lib darvoza sohasiga to‘g‘ri borgan atigi bitta zarba yo‘lladi. «Bryugge» xG bo‘yicha 0,60 ko‘rsatkichi qayd etdi, «Yuve»da — 0,53. O‘yin italyanlar klubi uchun xos bo‘lgan golsiz durang bilan yakunlandi. «Yuve» ham, «Bryugge» ham hozircha top-24 hududida qolmoqda.

Sharqiy Yevropa uchun omadsiz kun

Slovan  Shtutgart 1:3
Gollar: Metsoko (85) — Leveling (11, 36), Rider (87). 
Slovan Bratislava – Takach, Vimmer, Kashiya, Sharani (Barsegyan, 71), Blekmen (Medvedev, 89), Bayrich, Savvidis (Mustafich, 82), Marselli, Tolich (Gaydosh, 89), Mak (Metsoko, 70), Strelets.
Shtutgart – Nyubel, Mittelshtedt, Shabo, Ruo, Vagnoman (Stergiu, 90+1), Fyurix, Shtiller, Kaytel (Ad Dahil, 81), Leveling (Rider, 70), Miyo (Shtensel, 90), Undav (Demirovich, 70).
Ogohlantirishlar: Ruo (25), Kashiya (30), Savvidis (45+2), Undav (54), Kaytel (61).

Tsrvena Zvezda  PSV 2:3
Gollar: Ndiay (71), Jiga (77) — De Yong (17, 24), Flamingo (43). 
Tsrvena Zvezda – Glazer, Sol Yon U (Maksimovich, 71), Spayich, Jiga, Mimovich, Elshnik, Krunich, Radonich (Milson, 83), Ivanich, Mvumpa (Bruno Duarte, 71), Ndiayye.
PSV – Benites, Junior, Boskali, Flamingo, Ledesma (Karsdorp, 78), Verman, S auten, Lang (Kun, 74), Til (Obispo, 86), Bakayoko (Pepi, 86), de Yong.
Chetlatish: Flamingo (50).

Sharqiy Yevropaning ikki jamoasi uchun ham YeChL o‘yinlari bu yildagi birinchisi bo‘ldi. Shunday ekan, «Slovan» va «Tsrvena Zvezda» qizishib olgan raqiblarga qarshilik ko‘rsata oladigan holatda emasdi. Olti turdan keyin nol ochko bilan oxirgi o‘rinda joylashgan slovaklar «Shtutgart» forvardi Levelingning birinchi bo‘limdagi dublidan keyin amalda navbatdagi mag‘lubiyatini tan oldi.

«Tsrvena Zvezda» esa PSVning burchak zarbalariga qarshi chora topa olmasdan, pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. Vermanning ikki uzatmasidan Lyuk de Yong ikkita gol urdi, yana bir korner ijro etilganida Flamingo hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Uchinchi gol muallifi ikkinchi bo‘lim boshida maydondan chetlatildi va bir kishi ko‘p bo‘lib qolgan serblar ikkita javob goli urishdi, ammo bu natijaga ta’sir ko‘rsatmadi.

Turnir jadvalidagi vaziyat:

12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.

12:03 / 20.01.2025

12:10 / 19.01.2025

12:01 / 17.01.2025

12:25 / 16.01.2025

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!