qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 15:15 313 3 daqiqa o‘qiladi AQShda TikTokʼni taqiqlashga oid qonun kuchga kirdi. Foydalanuvchilar ilovaga kira olmayaptiAQShda 19 yanvardan TikTokʼni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. Ijtimoiy tarmoq amerikaliklarning platformaga kirishini cheklab qo‘ydi. Shuningdek, u AQShdagi ilovalar do‘konidan ham o‘chirib tashlandi.
Foto: AFP/Getty Images
TikTok amerikaliklarning ijtimoiy tarmoqqa kirishini chekladi, deb xabar bermoqda NBC News. Ilova ijtimoiy tarmoqqa qo‘yilgan taqiq rasman kuchga kirishidan bir necha soat oldin ko‘plab foydalanuvchilarda ishlamay qolgan. TikTokʼning AQShdagi foydalanuvchilari soni 170 million kishidan oshadi.
Ilovaga kirishga uringan amerikaliklar «Kechirasiz, TikTokʼka hozirda kirib bo‘lmaydi» yozuviga duch kelmoqda. «AQShda TikTok faoliyatini taqiqlovchi qonun kuchga kirdi. Afsuski, bu hozircha siz TikTokʼdan foydalana olmasligingizni anglatadi. Saylangan prezident Donald Tramp lavozimga kirishishi bilan TikTokʼni qayta tiklash qarori ustida ish olib borishini aytgani bizning omadimiz. Iltimos, yangilanishlarni kuzatib boring!» — deyiladi xabarda.
Shuningdek, AQShdagi mobil ilovalar do‘konidan ham TikTok o‘chirib tashlangan. Bundan tashqari, Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli CapCut tahrirlash ilovasi ham ishlamay qolgan. AQShdan turib kirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar ham yuqoridagi kabi ogohlantirishga duch kelmoqda.
AQSh Kongressi milliy xavfsizlikka tahdid uyg‘otishi mumkinligi sabab TikTokʼni bloklashga oid qonun loyihasini 2024 yil aprelda qabul qilgandi. O‘sha oyning o‘zida Jo Bayden qonunni imzolagan. Servisga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasiga uni amerikaliklarga sotishi uchun 270 kun muhlat berilgan. Ushbu muddat 19 yanvarda — Donald Trampning inauguratsiyasidan bir kun oldin tugadi.
Bloombergʼning yozishicha, Xitoy hukumati TikTok ijtimoiy tarmog‘ining AQShdagi boshqaruvini biznesmen Ilon Maskka berish niyatida. Ammo TikTokʼning o‘zi buni rad etgan. Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden administratsiyasi ijtimoiy tarmoqni blokirovga qilish qarorini Trampning bo‘lajak administratsiyasiga qoldirgan.
Shu bilan birga, 17 yanvar kuni AQSh Oliy sudi TikTok qisqa videolar platformasining ByteDance kompaniyasi tomonidan sotilishi yoki milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan AQSh hududida taqiqlanishini talab qiladigan qonunni kuchda qoldirdi.
11:58
16:10 / 18.01.2025
14:54 / 18.01.2025
22:32 / 17.01.2025
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment