qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 16:43 468 3 daqiqa o‘qiladi 90-yillarda Rossiyaning eng qudratli oligarxlardan biri bo‘lgan Gusinskiy qarzga yashayotgani ma’lum bo‘ldi"Agenstva" ma’lumotlariga ko‘ra, Vladimir Gusinskiy Qo‘shma Shtatlardagi ajrashish jarayoni doirasida qarzlari aktivlaridan oshib ketganini ko‘rsatgan. Unga tegishli oxirgi ikki tuzilma ham bankrot bo‘ldi.
Foto: AFP
1990-yillardagi rossiyalik sobiq mediamagnat Vladimir Gusinskiy o‘zining bankrot bo‘lgani va qarzga botganini e’lon qildi. U endi hech qanday biznesga ega emas va 10 dan ortiq kreditorlardan 7 million dollardan ortiq qarzi bor, uning umumiy qarzi aktivlaridan oshib ketgan, deb xabar berdi "Agenstvo" 16 yanvar, payshanba kuni sobiq rossiyalik oligarx AQShning Konnektikut shtati sudiga kiritgan hujjatga tayanib.
Moliyaviy affidevit (yozma ko‘rsatma) 2025 yil 1 yanvarda taqdim etilgan bo‘lib, Gusinskiy tomonidan ajrashish jarayonining bir qismi sifatida tayyorlangan, uning haqiqiyligi "Agenstvo"ga sobiq tadbirkorning rafiqasi Yelena Konstantinou tomonidan tasdiqlangan. Undan kelib chiqadiki, Gusinskiyga tegishli so‘nggi ikkita tuzilma — News Ru Israel LTD va New Media Holding LLC «bankrotlik jarayonidan o‘tmoqda va ular bir sent ham turmaydi», deb ta’kidlaydi jurnalistlar.
Aktivlar — 6 mln dollardan kam, qarzlar — 7 mlndan ko‘p
Gusinskiyning hisob-kitoblariga ko‘ra, uning 5,929 million dollarlik aktivlari bor, ular orasida Konnektikutdagi ikkita uydagi ulushlar, 2013 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes S550 avtomobili, Isroil bankidagi hisobraqami va zargarlik buyumlari mavjud. U umumiy qarz miqdorini 7,287 million dollarga baholagan va kreditorlari orasida "Prombiznesbank" sobiq egasi, Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro jamg‘armasi sobiq g‘aznachisi Aleksandr Jyeleznyak va YuKOSning sobiq egalaridan biri Leonid Nevzlin, shuningdek, "Agenstvo"ga ko‘ra, siyosatchi Maksim Kats va sobiq davlat arbobi Anatoliy Chubays.
Gusinskiy jurnalistlarning savollariga javob berishdan bosh tortdi. «Affidevit shuni ko‘rsatadiki, Forbes boyligini 1997 yilda 400 million dollarga baholagan, bir vaqtlar qudratli oligarx hozir amalda bankrot bo‘lgan va agar u kreditorlar oldidagi barcha tan olingan qarzlarini to‘lasa, puli qolmaydi», — deya xulosa qiladi "Agenstvo".
Vladimir Gusinskiy Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin davrida eng qudratli oligarxlardan biri edi. Boshqa narsalar qatorida u NTV telekanali, «Exo Moskvy» radiostansiyasi, «Itogi» jurnali, RTVi telekanali va "Most-bank"ga egalik qilgan. 2001 yilda u hukumat bilan ziddiyat tufayli Rossiyani tark etdi. Unga nisbatan "Media-Most" holdingi aktivlarini xorijga noqonuniy o‘tkazish gumoni bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Keyinroq u Rossiyada yana biznes qilishni xohlashini va qaytishga tayyorligini, ammo buning uchun rasmiylarning roziligi zarurligini aytdi.
15:46
12:26
11:08 / 10.12.2024
21:19 / 09.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment