menu
Yuqori Chirchiqda 12 yoshli qizga SMSʼlar yozib, shahvoniy shilqimlik qilgan 59 yoshli erkakka sud hukmi o‘qildi 
U yomon niyati bo‘lmaganini va qilmishidan pushaymonligini aytib, yengillik so‘radi

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida 12 yoshli qizga SMS xabarlar yozib, shahvoniy shilqimlik qilib kelgan 59 yoshli erkak besh sutkaga qamaldi. Bu haqda Oliy sud “Daryo”ga xabar berdi.

Aniqlanishicha, 5-fevral kuni 12 yoshli A.U. maktabdan chiqib, mashina to‘xtatgan. Shunda N.A. qizni uyiga olib borib qo‘yish davomida telefon raqamini qo‘lga kiritgan. U qizga turli SMS xabarnomalar yozib, shahvoniy shilqimlik qilgan. Qizning otasi bundan xabar topib, ichki ishlarga murojaat qilgan. 

Sudda N.A. aybiga iqrorlik bildirib, yomon niyati bo‘lmaganini va qilmishidan pushaymonligini aytib, yengillik so‘radi. Shilqimlik qilgan erkak Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1 moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!