menu
YouTube blogeri mushuklar uchun Lego’dan radio boshqaruvli temiryo‘l va vagonlar yasadi
Vagonlarda avtomatik tarzda ochilib yopiladigan eshiklar va yonadigan faralari bor, lekin aynan ovqat tarqatish moslamasi mushuklarning e’tiborini ko‘proq tortdi

YouTube’dagi Brich Technologies kanali muallifi Lego’dan turli o‘yinchoqlar yaratadi. Yaqinda u ijtimoiy tarmoqda o‘z mushuklari uchun yasagan temiryo‘l va radio-boshqariladigan vagonlar bilan bo‘lishdi.

Blogerning so‘zlariga ko‘ra, bu g‘oya unga mushuklari Kuki va Maffin “yurishdan charchaganidan” keyin xayoliga kelgan. Biroq standart Lego o‘yinchoqlari qismlari uy hayvonlari uchun mo‘ljallanmaganligi sababli u alohida element va detallarni mustaqil ravishda loyihaladi va chop etdi.

Buning uchun YouTube bloger temiryo‘l uchun vagonlar va rels o‘lchamlarini aniqladi. So‘ng doimiy harakatda bo‘ladigan mushuklar ag‘darilib ketmasligi uchun vagon g‘ildiraklarini mustahkam tarzda qurdi.

Videoni kuzatsangiz, aftidan, Kukki va Maffinga poyezddan ko‘ra ovqat yetkazib beradigan maxsus qurilma qiziqroq bo‘ldi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!