qarashlar
Yevrokomissiya 2027-yilgacha YI hududida Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan 208 milliard yevrolik aktivlarini qayta investitsiya qilishdan olingan 15 milliard yevrolik daromadni musodara qilmoqchi. Bu haqda Yevrokomissar Didye Reyndersga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Bryusseldagi matbuot anjumanida Reyndersning ta’kidlashicha, bu pulni musodara qilishdan oldin ko‘p bosqichlardan o‘tish lozim.
Unga ko‘ra, Yevrokomissiya hozirda Rossiya mablag‘larini musodara qilishning navbatdagi bosqichi bilan shug‘ullanmoqda.
U Yevropa Komissiyasi ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish uchun qanday sxemadan foydalanmoqchi ekanligini ochiqlamagan.
Avvalroq Belgiya hukumati 2023-yilda Rossiyaning muzlatilgan aktivlari foydasidan olinadigan soliqlardan 1,7 milliard yevro olgani, bu esa Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanishini ma’lum qilgan edi.
Bryussel Rossiya aktivlaridan tushgan daromadni Ukrainaga 2027-yilgacha bo‘lgan 50 milliard yevrolik yordam dasturini moliyalashtirish uchun ishlatish niyatida.
Comments
0 comment