menu
Xorazmda intensiv usulda baliq yetishtirganlarga imtiyozlar beriladi
Xususan, ular suv solig‘i va to‘lovidan ozod etiladi

Xorazm viloyatida chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik rivojlantiriladi.

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilishda shu masalaga to‘xtalib o‘tdi. Prezident xonadonlarda chorva naslini yaxshilash, sutni qayta ishlash, parranda go‘shti ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni ko‘paytirish muhimligini qayd etdi.

Jumladan, go‘sht yo‘nalishida har biri 200 ming bosh parrandaga mo‘ljallangan 5 ta sanoatlashgan yirik parrandachilik korxonasi Bog‘ot, Gurlan, Hazorasp, Xonqa, Shovotda ishga tushiriladi.

Viloyatdagi sun’iy suv havzalarining atigi 10 foizida baliq intensiv usulda boqilishi qayd etilib, endilikda intensiv usulda baliq yetishtirgan tadbirkorlar yer va aylanma solig‘ining 50 foizini to‘lashi, suv solig‘i va to‘lovidan ozod etilishi belgilandi.

Yig‘ilishda zamonaviy ilmiy yondashuv, yangi nav yo‘qligi, suv sarfi esa yuqoriligi sabab sholichilik bo‘yicha yondashuvlarni o‘zgartirish vaqti kelgani ham qayd etildi.

Yangi hosildor sholi navlari olib kelinib, Xorazm sharoitida sinash muhimligi ta’kidlandi. Koreyalik hamkor bilan sholi urug‘chiligi korxonasi tashkil etiladi.

Sholichilikda suv tejovchi texnologiya joriy qilish uchun subsidiya berish va klasterlarga sholi xaridi uchun imtiyozli kredit ajratish yo‘lga qo‘yiladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!