10
qarashlar
qarashlar
“Yadro quroliga ega barcha davlatlar umumiy xavfsizlik konsepsiyasiga rioya qilishi lozim”, — dedi Mao Ning
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning 1-martda bo‘lib o‘tgan brifingda yadroviy urushda g‘olib bo‘lmasligini aytib, barcha tomonlarni vazminlikni saqlashga chaqirdi.
Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga murojaatida G‘arbning tashqi siyosatdagi xavfli harakatlari va bayonotlari yadro qurolidan foydalanish va sivilizatsiyani yo‘q qilish bilan bog‘liq mojaroga tahdid solayotganini aytgan edi.
Mao Ningga ko‘ra, yadro quroliga ega barcha davlatlar umumiy xavfsizlik konsepsiyasiga rioya qilishlari va global strategik muvozanat va barqarorlikni saqlashlari lozim. Hozirgi vaziyatda barcha tomonlar vaziyatni yumshatish uchun birgalikda harakat qilishi kerak.
Comments
0 comment