qarashlar
Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishida mamlakat bosh vaziri yangi byudjet loyihasini taqdim etdi. Ushbu hujjatdagi harbiy xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 7,2 foizga oshib, 231 milliard dollarga yetgan. Bu haqda The Japan Times xabar berdi.
5-mart kuni Xitoy kelasi yil mudofaa byudjetini 7,2 foizga oshirishini e’lon qilgan, bu o‘tgan yilgi o‘sish sur’atlariga mos keladi, chunki Pekin AQSH va ittifoqchilar bilan raqobat sharoitida o‘z armiyasini modernizatsiya qilishda davom etmoqda.
Xitoy so‘nggi yillarda yanada kuchliroq armiya yaratish, raketa va yadro qurollarini kuchaytirish hamda ulkan dengiz flotini qurish uchun pul sarflagan.
Reuters agentligining Singapurdagi Rajaratnam xalqaro tadqiqotlar maktabi tadqiqotchisi Li Mingjiangning ta’kidlashicha, Xitoy Tayvan tufayli iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay harbiy xarajatlarni oshirishda davom etadi.
Comments
0 comment