menu
Varshavada fermerlar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi
Namoyishchilar Ukrainadan Polshaga oziq-ovqat va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirishga embargo joriy etishni talab qilmoqda

Polshalik fermerlar mamlakat bosh vaziri Donald Tuskning Varshavadagi idorasi oldida norozilik namoyishida shinalar va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini yoqib yuborishdi. Bu haqda Polsat telekanali xabar berdi.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga harakat qilishgan, ammo namoyishchilar ular bilan mushtlashishgan. Vaziyatga politsiya aralashgan. To‘qnashuvlar davomida hibsga olinganlar yo‘q, deya qo‘shimcha qilinadi telekanal lavhasida.

Bundan tashqari, poytaxtga kelishi taqiqlangan traktorli fermerlar shaharga kirish yo‘llarini to‘sib, yo‘lga somon o‘ramlarini tashlab ketayotgani ma’lum bo‘ldi.

Namoyishchilar Ukrainadan Polshaga oziq-ovqat va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirishga embargo joriy etish, shuningdek, 2050-yilgacha uglerod neytralligiga erishishni nazarda tutuvchi Yevropa Ittifoqining Yashil kelishuv dasturidan Polshaning imzosini olib tashlashni talab qilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!