menu
Uzum Tezkor tadqiqoti: o‘zbekistonliklar buyurtma o‘z vaqtida va ortiqcha to‘lovlarsiz yetkazib berilishiga shubha qilmoqda
Uzum Tezkor o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, yetkazib berish servislari ommalashib borishiga qaramay, o‘zbekistonliklar yetkazib berish narxi ortiqcha to‘lovlarsiz bo‘lishiga va buyurtma o‘z vaqtida yetkazilishiga shubha qilishmoqda

Uzum Tezkor o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, yetkazib berish servislari ommalashib borishiga qaramay, o‘zbekistonliklar yetkazib berish narxi ortiqcha to‘lovlarsiz bo‘lishiga va buyurtma o‘z vaqtida yetkazilishiga shubha qilishmoqda.

Nima sababdan ayrim o‘zbekistonliklar taomlarni kafe va restoranlardan uylariga buyurtma qilishmoqda-yu, boshqalar esa yetkazib berish xizmatidan hali ham foydalanmayotganiga oydinlik kiritish maqsadida, Uzum Tezkor keng qamrovli tadqiqot ishlarini olib bordi, unda Toshkent va Andijondan 1500 dan ortiq odam ishtirok etdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hali yetkazib berish xizmati orqali taom buyurtma qilmagan yoki atigi bir-ikki marta buyurtma qilgan o‘zbekistonliklarni tashvishga solayotgan asosiy sabablar – buyurtmani uzoq vaqt kutish (32%) va taomlar narxining balandligidir (24%). So‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati uyga yetkazib berilgan taom uchun ortiqcha pul to‘lanadi, deb o‘ylashar ekan.

Bunday tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida Uzum Tezkor qanday chora-tadbirlar o‘tkazayotgani haqida servisning tijorat direktori Andrey Kovakin:

Bugungi kunda Uzum Tezkor ilovasida 1000 dan ortiq kafe-restoranlardan taomlarni buyurtma qilish imkoniyati mavjud, o‘zbekistonliklarning sevimli tarmoqlari: EVOS, KFC, Oqtepa Lavash, Feed Up, Les Ailes, Chopar shular qatoridadir, qolaversa, foydalanuvchilar istalgan vaqtda menyu va ilovadagi narxlarni solishtirib ko‘rishlari mumkin.

Toshkent, Andijon, Samarqand va kelgusida boshqa shaharlarda ham ushbu xizmatdan foydalanishga qo‘shimcha xohish bo‘lishi uchun Uzum Tezkor dastlabki uch buyurtmani bepul yetkazib beradi, shuningdek, yangi foydalanuvchilarga TEZ3 promokodi orqali chegirma sovg‘a qiladi.

Sheriklik huquqi asosida.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!