qarashlar
Muqaddas ramazon oyida ro‘zadorlar iftorlik va saharlikka taom buyurtma qilishlari uchun Uzum Tezkor servisi tun-u kun ishlaydi.
Taomlar qachon dasturxonga tortilishini aniq hisoblash oson bo‘lishi uchun ilovaning asosiy ekranida og‘iz yopish va ochish vaqtlari ko‘rsatib turiladigan bo‘lim paydo bo‘ldi. Belgilangan vaqtlar har kuni bir oy davomida o‘zgarib boradi.
Iftor-setlarni 11-martdan 10-aprelgacha buyurtma qilish mumkin. Aksiyada 30 dan ortiq ovqatlanish joylari ishtirok etishmoqda, ular orasida EVOS, KFC, Oqtepa Lavash, Osh Markazi va boshqalar mavjud. Odatda, iftor-setlarning aksariyati tarkibiga og‘iz ochish an’anasiga mos tarzda asosiy taom, salat, suv va xurmo kiradi.
Bunday to‘plamlarning xilma-xilligi tufayli foydalanuvchilar o‘zlari yoki katta davralar uchun mos kechki ovqat variantini topishlari mumkin, hamkorlarimiz tomonidan taqdim etilayotgan chegirmalar va yashirin to‘lovlarning yo‘qligi budjetni tejashga yordam beradi.
Sheriklik huquqi asosida.
Comments
0 comment