menu
“Ukraina mojarosida vaqt Rossiya foydasiga ishlamoqda” — Vengriya bosh vaziri
Urushga venger milliy ozchilik qatlamining ham safarbar etilishi hamda ularning halok bo‘lishi Vengriya uchun tashvishlanarli masala

Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning aytishicha, Ukrainadagi mojaroda vaqt Rossiya foydasiga ishlamoqda. Kiyev va uni qo‘llab-quvvatlayotgan Yevropa davlatlari qiyin ahvolda qolgan. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Vengriya yetakchisiga ko‘ra, Yevropa davlatlari Ukrainadagi mojaroni o‘zlariga nisbatan tahdid sifatida qabul qilgan. Ular qo‘llayotgan urushda esa vaqt Ukraina foydasiga ishlamayapti. Shuning uchun Orban mojaroni tezda tugatishni taklif qilgan.

Budapeshtdagi hukumat rahbariga ko‘ra, Vengriya Ukraina mojarosiga Ukrainada yashayotgan 150 mingga yaqin venger aholisining manfaatlari nuqtai nazaridan yondashadi. Urushga venger milliy ozchilik qatlamining ham safarbar etilishi hamda ularning halok bo‘lishi Vengriya uchun tashvishlanarli masala.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!