menu
Ukraina dronlari Rossiyaning “Sergey Kotov” patrul kemasiga zarba berdi (video)
Operatsiya ortida Ukraina razvedkasi turibdi, hujumda ekipaj a’zolari halok bo‘lgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan

Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining dronlari Rossiyaning “Sergey Kotov” patrul kemasiga zarba berdi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar berdi.

Tegishli ma’lumotni Ukraina Bosh razvedka boshqarmasidagi manba tasdiqlagan. Maxsus operatsiya 5-martga o‘tar kechasi amalga oshirilgan, uning ortida Ukraina razvedkasi turibdi. Hozirda kemaga yetgan zarar bo‘yicha barcha tafsilotlar va uning taqdiri aniqlanmoqda. Ukraina prezident ofisi rahbari Andrey Yermak ham “Sergey Kotov”ning mag‘lubiyatiga izoh berdi.

Hujum natijasida halok bo‘lganlar bor-yo‘qligi noma’lum. Rossiyaning harbiy Telegram kanali “ekipaj tirik” deb da’vo qilmoqda. Shu bilan birga, “Obozrevatel” nashri Ukraina razvedkasiga tayanib, kema dengiz kuchlarining dron hujumi natijasida yo‘q qilinganini yozmoqda. Hozirda Rossiya Mudofaa vazirligi kema hujumga uchragani bo‘yicha ma’lumot bermagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!