menu
Turkiya o‘z chegaralari yaqinida operatsiya o‘tkazish uchun hech kimdan ruxsat so‘ramasligini ma’lum qildi
Turkiya armiyasi Iroq shimolida mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) jangarilariga qarshi keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy operatsiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Turkiya o‘z chegaralari yaqinida aksilterror operatsiyasini o‘tkazish uchun ruxsat so‘ramasligini ma’lum qildi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler axborotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Turkiya armiyasi Iroq shimolida mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP)  jangarilariga qarshi keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy operatsiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Hurriyet nashrining avvalroq xabar berishicha, Bag‘dod ma’muriyati bilan mazkur masalada kelishuvga erishilgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yozda Iroq bilan chegara xavfsizligi masalasini hal qilishni kutayotganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Suriyada 30-40 kilometr chuqurlikda xavfsizlik koridorini yaratish niyatida.

KIP bilan qurolli mojaro Turkiyada 1984-yilda boshlanib, 2015-yilda yangilangan. Iroq shimolida KIP bazalari mavjud bo‘lib, Turkiya armiyasi ularga qarshi havo va quruqlik amaliyotlarini o‘tkazmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!