menu
Toshkentdagi ko‘p qavatli uy qurilishida 23 yoshli yigit vafot etdi
Voqea 2024-yilning 11-mart kuni sodir bo‘lgan

Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uy qurilishida quruvchining boshiga “opalubka” tushib, vafot etdi. Bu haqda “Daryo” so‘roviga javoban Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2024-yilning 11-mart kuni sodir bo‘lgan. 

Dastlabki sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limiga bosh miya ochiq jarohati, kalla gumbazi asosiy suyaklarining yuz suyaklariga o‘tuvchi sinishlari, boya miya lat yeb majag‘lanishi, umurtqa pog‘onasi va orqa miya yopiq jarohati, oltinchi-yettinchi ko‘krak umurtqalari sinishi, orqa miya lat yeyishi, ko‘krak qafasi yopiq to‘mtoq jarohati, to‘sh suyagi, o‘pkalar lat yeb yorilishlari, bosh sohasi ezilib, yirtilgan yarasi, tashqi va ichki qon yo‘qotish, ichki a’zolari kamqonligi sabab bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!