menu
Toshkentdagi chiqindixonalarning birida “pirojkixona” tashkil qilingani aniqlandi 
Sanepidqo‘mita holat yuzasidan munosabat bildirdi

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi chiqindixonalarning birida “pirojkixona” tashkil qilingani aniqlandi. Sanepidqo‘mita holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, Yunusobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada fuqaro U.A.Madalov tomonidan mahsulot sotilayotgan obyekt noqonuniy tarzda tashkil qilingan bo‘lib, pirojki mahsulotini ushbu obyektda tayyorlamay, olib kelib sotayotgani aniqlandi.

O‘rganishlar davomida mahsulotni saqlash, uni sotish uchun sanitariya talablariga mos ravishda joy tayyorlanmagani va ushbu hududda bu kabi savdoni amalga oshirish uchun hech qanday ruxsatnoma (tegishli hujjat) yo‘qligi maʼlum bo‘ldi.

Ushbu noqonuniy tarzda tashkil qilingan hududda oziq-ovqat mahsulotlarini sotmaslik tushuntirilib o‘tilgach, savdoni to‘xtatish va noqonuniy qurilmani o‘z xohishi bilan oldirib tashlash bo‘yicha tushuntirish xati olindi. Shundan so‘ng tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu noqonuniy qurilma buzdirilib, mahsulot savdosi to‘xtatildi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!