menu
Toshkentda avtobusda oilali ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan konduktor qamaldi 
U sudda qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, yengillik berishni so‘radi

Toshkent shahrida yo‘nalishli avtobuslardan birida oilali ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan konduktor qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. 

Maʼlum qilinishicha, erkak 9t-sonli avtobusda chiptachi vazifasida ishlab kelib, 2023-yil oktyabr—noyabr oylari davomida avtobusga yo‘lovchi sifatida mingan fuqaro Y.A.ga jinsiy aloqada birga bo‘lishni taklif qilib, shahvoniy shilqimlik qilib kelgan.

Sud majlisida u yuqorida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik harakatiga to‘liq iqrorlik keltirib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirdi va yengillik berishni so‘radi. 

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchiga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, uning hisobidan maxsus qabulxona foydasiga 153 000 so‘mdan undirilishi belgilandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!