menu
Toshkentda 8-mart kuni ayollar uchun avtobuslar bepul bo‘lishi rostmi? Rasmiy izoh berildi
Shuningdek, jamoat transporti ish jadvaliga muvofiq ishlashi aytilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda 8-mart kuni ayollar uchun avtobuslar bepul bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. 

“Toshshahartransxizmat”ning maʼlum qilishicha, “8-mart kuni ayollar uchun jamoat transporti bepul bo‘ladi” sarlavhasi ostidagi xabarlar asossiz. Ushbu axborot mutlaqo yolg‘on. 

“Mazkur xabar tarqatilgan guruh admini bilan bog‘lanib, ushbu yolg‘on axborotni bartaraf etishlarini so‘rashimizga qaramasdan, mazkur guruh keng jamoatchilikka ushbu yolg‘on axborotni yetkazishda davom etmoqda. Shu o‘rinda axborot tarqatish qoidalarini buzayotgan ushbu guruhga masʼul tashkilotlardan belgilangan tartibda chora ko‘rishlarini, shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asoslanmagan, yolg‘on axborotlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!