menu
Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida ayanchli YTHda bir kishi vafot etdi
Avtomobillardan birini 16 yoshli bola boshqargan

Toshkentning Olmazor tumanida Spark, Nexia-2 va Lacetti ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi.

Hodisa 4-mart kuni soat 21:00 larda Jarariq ko‘chasi 11-uy qarshisida sodir bo‘lgan. Voyaga yetmagan haydovchi Q.S. (2008-yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan Spark, 1984-yilda tug‘ilgan R.R. boshqaruvidagi Nexia-2 hamda 2000-yilda tug‘ilgan R.A. boshqaruvidagi Lacetti to‘qnashgan.

YTH natijasida Nexia-2 haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan. Spark haydovchisi va bir nafar 2009-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!