menu
Oston O‘runov “Persepolis” bilan shartnomani uzaytirdi
Tomonlar 2027-yilgacha mo‘ljallangan bitimga imzo chekdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi vingeri Oston O‘runov Eronning “Persepolis” klubi bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar 2027-yilgacha mo‘ljallangan bitimga imzo chekdi.

Maʼlumot uchun, 14-turdan keyin “Persepolis” 26 ochko bilan 3-o‘rinni band etgan.

Oston O‘runov joriy mavsumda 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!