8
qarashlar
qarashlar
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Oybek” chegara bojxona postida bojxona xodimlari hamda DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida tirkama ostiga 2 dona polietilen o‘ram magnit vositasida yopishtirilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu o‘ramlar xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida ularning ichida 1 kg 981 gramm gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Comments
0 comment