menu
Toshkent viloyatida ikkita issiqxona 230 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi
Ular hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga ulanib olgan

Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Zangiota va Chinoz tumani bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan. Tekshiruvlar davomida fuqarolar D.A. va N.E. o‘z xonadonlarida tashkil etilgan issiqxonalarni tijorat maqsadida hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 230,2 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlangan edi

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!