menu
Toshkent viloyatida 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “R.T.” MCHJga qarashli paxta tozalash korxonasi bosh energetigi A.Q. va boshqalar paxta tozalash korxonasida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan tijorat maqsadida ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!