menu
Tokioda yetkazib beruvchi robotlar ishga tushirildi (foto)
Yaponiya o‘tgan yili robotlar faoliyatiga ruxsat berish uchun transport qonunlarini o‘zgartirgan edi

Yaponiya o‘tgan yili transport qonunlarini o‘zgartirib, jamoat ko‘chalarida yetkazib beruvchi robotlar harakatiga ruxsat berdi. Bu haqda Gulf News xabar berdi.

Yashil robot Uber Eats dasturi orqali buyurtma berilgan taomni olish uchun restoranlarga borgan vaqtida “Diqqat robot!” deb ovoz chiqaradi.

6-martdan boshlab, yetkazib beruvchi robotlar shaharning kichik bir qismida ishga tushiriladi. Ishchi kuchi tanqisligiga duch kelgan mamlakat, o‘tgan yili jamoat ko‘chalarida yetkazib beruvchi robotlar faoliyatiga ruxsat berish uchun transport qonunlarini o‘zgartirgan. Ko‘plab kompaniyalar, jumladan Panasonic ham yuklarni tashish uchun  yangi robotlarni sinab ko‘rmoqda.

Mashina soatiga 5,4 kilometr (3,4 milya) tezlikda harakatlanadi. Uber Eats rahbari Alvin Ooning ma’lum qilishicha, Tokio robotlarining imkoniyatlari dastlab cheklangan bo‘ladi.

Mitsubishi Electric va AQSHning Cartken startapi bilan birgalikda ishlab chiqilgan Uber Eats robotlari dastlab gavjum Nihonbashi tumanidagi bir nechta restoranlardan oziq-ovqat yetkazib berishi rejalashtirilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!