qarashlar
TAURUS qanotli raketalarini ishlab chiqaruvchi TAURUS Systems kompaniyasining 67 foiz ulushiga ega bo‘lgan MBDA Deutschland o‘z mutaxassislari Ukraina armiyasini ushbu turdagi qurol bilan ishlash bo‘yicha o‘qitishga tayyorligini tasdiqladi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Shu bilan birga, Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder Gotshild bilan qo‘shma nutqi chog‘ida Germaniya hukumatini Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishib olishga chaqirgan.
TAURUS qanotli raketalari ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, 500 km harakat radiusiga ega. Ular bir nechta navigatsiya tizimlari bilan jihozlangan va nishonga zarba berishda aniqligi bilan ajralib turadi. Samolyot ishlab chiqaruvchi Airbus, Britaniyaning BAE Systems kompaniyasi, shuningdek, Italiyaning Leonardo konserni MBDA’da ulushga ega. TAURUS Systems kompaniyasi MBDA konsernining Germaniyadagi sho‘ba korxonasi hisoblanadi. Shvetsiyaning SAAB Dynamics AB mudofaa konserni ham TAURUS Systems kompaniyasida 33 foiz ulushga ega.
Comments
0 comment