menu
Superliga. “Nasaf” chempionatni g‘alaba bilan boshladi 
Uchrashuvni mehmonlar bir kishi kam bo‘lib tugatdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Olimpik” uchrashuvi bugun, 1-mart kuni bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvning birinchi bo‘limida tomonlar darvozani ishg‘ol eta olishmadi.

Uchrashuv ikkinchi bo‘limi mezbonlar ustunligida boshlandi. Aynan ketma-ket uyushtirilgan hujumlar evaziga qashqadaryoliklar hisobni ochdi. 63-daqiqa Da Silvaning aqlli uzatmasidan so‘ng Akmal Mozgovoy raqib darvozabonini ojiz qoldirdi. 

75-daqiqaga kelib Zoran Marushich ajoyib zarba yo‘lladi, ammo to‘p biroz noaniq ketdi. Ikki daqiqadan keyin aynan Zoran o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Ushbu hisob uchrashuv oxirigacha saqlanib qoldi va “Nasaf” uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

“Nasaf” —  “Olimpik” 2:0

Gollar: 1:0 — 63, Akmal Mozgovoy, 2:0 — 77, Zoran Marushich.

“Nasaf”: 35. Abduvohid Nematov, 5. G‘olib G‘aybullaev, 6. Murodbek Rahmatov ( 8. Zafarmurod Abdurahmatov, 67), 7. Akmal Mozgovoy, 14. Sharof Muhitdinov, 22.Igor Golban, 28. Shuhrat Muhammadiev ( 2. Alibek Davronov,  67), 32. Zoran Marushich, (30. Temur Chogadze, 90+2)70. Jaba Jigauri,  88.Marko Stanoevich ( 9. Javohir Sidiqov, 53),10. Bobir Abdixoliqov ( 20.Viktor Da Silva, 53 ).

“Olimpik”: 13. Hamidullo Abdunabiev, 2. Saidazamat Mirsaidov, 7. Ibrohim Ibragimov, ( 5.Davronbek Olimjonov, 73), 10. Farruh Muxtorov ( 77. Timur Mamasidiqov, 59), 11. Otabek Jo‘raqo‘ziev, 15.Muhsin Bozorov ( 9. Asadbek Jo‘raboev, 46), 17. Jaloliddin Sodiqov, ( 19. Ahmadillo Muqumjonov, 73) 18. Akbar Abdirasulov, 21. Muhammadaziz Ibrohimov, 22. Shahzod Toirov, 23. Abdurauf Bo‘riev.

Ogohlantirish: 72 - Akbar Abdirasulov, 74 - Javohir Sidiqov,  83 - Alibek Davronov.

Chetlatish: 82 -
Akbar Abdirasulov

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!