menu
Sud Eron hukumatiga Amerika tankeridagi neftni musodara qilishga ruxsat berdi 
Eron Marshall orollari bayrog‘i ostida suzib yurgan bu tankerni 2023-yil bahorida hibsga olgandi

Eron sudi Amerikaning Advantage Sweet tankerida tashilgan neftni musodara qilish bo‘yicha qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda Tasnim News.

“Sud jarayoni va prokuraturaning ushbu ish bo‘yicha saʼy-harakatlaridan so‘ng, Eron sudi Advantage Sweet tankeri Fors ko‘rfazida olib ketayotgan neftni hibsga olish to‘g‘risida order berdi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Eron Marshall orollari bayrog‘i ostida suzib yurgan bu tankerni 2023-yil bahorida hibsga olgan, shundan so‘ng u Bandar Abbos portiga olib ketilgandi.

Tanker bortida 19 nafar ekipaj aʼzosi bo‘lgan, ulardan 18 nafari Filippin va bir nafari Gretsiya fuqarosi bo‘lgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!