menu
Somalida 1,7 millionga yaqin bola to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda — BMT
Somalida 2023-yil noyabr oyida kuchli suv toshqinlari yuz berdi. Tabiiy ofat 1,6 milliondan ortiq odamga zarar yetkazdi, 1,5 million gektarga yaqin qishloq xo‘jaligi yerlari vayron bo‘ldi

Somalidagi qariyb 1,7 million bola to‘yib ovqatlanmaydi va kattalarning taxminan 40 foizi shoshilinch yordamga muhtoj.

Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) direktori o‘rinbosari Bet Bekdol mamlakatga tashrifi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

Bekdol BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha yordamchisi va BMT Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘limidagi favqulodda yordam koordinatori o‘rinbosari Joys Msuya bilan birgalikda Dollou qochqinlar lagerida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan somalilik ayollar bilan uchrashdi.

Somalida 2023-yil noyabr oyida kuchli suv toshqinlari yuz berdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat 1,6 milliondan ortiq odamga zarar yetkazdi. Yuz minglab odamlar o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi, 1,5 million gektarga yaqin qishloq xo‘jaligi yerlari vayron bo‘ldi.

Eng xavotirli vaziyat mamlakat janubidagi Jubba daryosi vodiysida yuzaga keldi. Jabrlangan hududlarning bir qismi hukumat tomonidan emas, balki “Al-Qoida”ga aloqador “Ash-Shabob” radikal guruhi nazoratida ekani vaziyatni murakkablashtirmoqda.

Somali tabiiy ofatlarga qarshi kurash agentligining aytishicha, u muntazam ravishda “Ash-Shabob” nazoratidagi hududda yashovchi odamlardan qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladi, biroq tashkilotning u yerda faoliyat yuritishi imkonsiz, chunki bu juda xavfli.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!