Sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li “O‘zbekneftgaz” zapravkalari egasiga aylandi
qarashlar
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestridan quyidagi maʼlumotlarga ko‘ra, Petroleum Technology Group kompaniyasi O‘zbekistonda 78 ta zapravkaga ega bo‘lgan UNG Petro kompaniyasining yangi egasiga aylandi.
Bunga qadar zapravkalarning egasi “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi bo‘lgan. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2023-yil may oyida 78 ta zapravkaga ega bo‘lgan UNG Petro MCHJ xususiylashtirilishini eʼlon qilgan edi.
Petroleum Technology Group kompaniyasi hozirgacha UNG Petro’ni qachon va necha pulga sotib olgani haqida xabar bermagan.
Maʼlumot uchun, D.Komilov Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini sotib olgan Metropol Group MCHJning ham yagona taʼsischisi hisoblanadi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov bu borada fikr bildirar ekan, “Davaktiv O‘zbekistondagi eng yirik zapravka tarmog‘ini yana imi jimida, yopiq kabinetlarda tanlangan ”egasiga“ topshirib qo‘ya qolgan ko‘rinadi”, deya yozmoqda.
Comments
0 comment