12
qarashlar
qarashlar
Xabar berilishicha, bozorga aylantirilishi kerak bo‘lgan yangi hudud talabga javob bermagan
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi haftaning har shanba kuni ishlaydigan avtomobil bozori boshqa joyga ko‘chirilishi va uning o‘rniga “dom” qurilish haqida xabar berilgan edi.
Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari bergan maʼlumotga ko‘ra, Mirzaoboddagi avtomobil bozori hozircha hech qayerga ko‘chirilmaydi.
“Bozorga aylantirilishi kerak bo‘lgan yangi hudud talabga javob bermaganligi bois bozorni ko‘chirish ishlari kechiktirildi. Hududni tartibga keltirish lozim. Bu esa o‘z o‘rnida vaqt talab etadi. Aniq muddatlar maʼlum bo‘lishi bilan bu borada qo‘shimcha axborot beriladi”, – deyiladi xabarda.
Comments
0 comment