16
qarashlar
qarashlar
Shuningdek, 7 nafar qarzdordan 21 mln so‘mdan ortiq jarimalar undirilgan
Sirdaryoda qoidabuzarlik sodir etib, jarima to‘lamagan haydovchilarning avtotransport vositasi xatlandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, MIB viloyat boshqarmasi tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzib, qo‘llanilgan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamasdan kelayotgan fuqarolarga nisbatan taʼsir choralari ko‘rilib, jarimalarni undirish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, 2024-yilning o‘tgan davrida viloyat miqyosida 10 marotabadan ortiq qoidabuzarlik sodir etib, jarimalarni to‘lamay kelayotgan 14 nafar qarzdor fuqarolarning avtotransport vositalari xatlandi.
Avtomobillar jarima maydonchalariga joylashtirilgan. Shuningdek, 7 nafar qarzdordan 21 mln so‘mdan ortiq jarimalar undirilgan.
Comments
0 comment