qarashlar
Sibirning qahraton qishida ishchilar kemalarga xizmat ko‘rsatish uchun noldan past haroratda mehnat qiladi. Rossiyaning quruqlik bo‘yicha eng katta hududi bo‘lgan Yakutsk mahalliy aholisi “muzlatish”ni dunyodagi eng og‘ir ishlardan biri deb ataydi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Mahalliy aholi tilida “Vimorozka” deb ataluvchi muzlatish jarayoni og‘ir sharoitlarda, -50 darajagacha sovuq haroratda bir necha hafta davom etadigan mashaqqatli va zerikarli ishdir. Ishchilar kemalarni qoplagan muzni sindirib, kemaning ta’mirga muhtoj bo‘lgan joylarini qidirishadi. Qish oylarida kemalar Lena daryosi bo‘yidagi Yakutsk bandargohiga to‘xtaydi.
Rossiyaning quruqlik bo‘yicha eng katta hududi bo‘lgan Yakutsk mahalliy aholisi “muzlatish”ni dunyodagi eng og‘ir ishlardan biri deb ataydi.
Ish nafaqat chidamlilik va kuchni, balki o‘ta aniqlikni ham talab qiladi.
Garchi ayrim ishchilar sovuq haroratga chiday olmasa-da, ob-havo qanchalik sovuq bo‘lsa, muz shunchalik yaxshi yaxlaydi va ish shunchalik osonlashadi.
Comments
0 comment