menu
Sherzod Asadov Euronews media xoldingi rahbari bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashdi
Euronews bilan o‘zaro manfaatli sheriklik rivojlantiriladi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentda Euronews media xoldingi rahbari Pedro Vargas David bilan uchrashuv o‘tkazdi

Muloqotda hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan mazmunli fikr almashildi.

Prezident matbuot kotibi 2024-yilning noyabr oyida ham Pedro Vargas David bilan uchrashgandi. Unda jahon auditoriyasini O‘zbekistondagi asosiy islohotlar va uning xalqaro tashabbuslari, mamlakatda o‘tkazilayotgan yirik tadbirlar haqida xabardor qilish, OAV va matbuot xizmatlari xodimlarining malakasini oshirish masalalarining keng doirasi muhokama qilingan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!