qarashlar
Korxonada Xitoy va Germaniya davlatlari texnologiyalari asosida cho‘yan qismlar tayyorlash loyihasi boshlangan. Metall quyuv qismi AQSH, mexanik ishlov berish qismi Xitoy kompaniyalari tomonidan loyihalashtirilgan. O‘tgan yili 4 turdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarilgan.
Bu loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib, 140 ta ish o‘rni yaratilgan. Shu yil may oyida avtomobillar uchun quyma qismlar tayyorlanadigan ikkinchi bosqich ishga tushiriladi.
<iframe width="650" height="450" src="https://www.youtube.com/embed/16z76Hb2FoY" title="Shavkat Mirziyoyev “Andijon sanoat xabi”dagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Bu noyob korxona bir vaqtning o‘zida 12 tonna metall eritish imkoniyatiga ega. Yana bir samarali tomoni, xomashyolar Asaka tumanidagi avtomobil zavodining temir chiqindilaridan olinib, qayta ishlanadi.
Majmua to‘liq quvvatga chiqqanda, yiliga 27 million dollarlik mahsulotlar mahalliylashtiriladi. Prezidentimizga mahalliylashtiriladigan mahsulotlar haqida axborot berildi. Bunda tannarxni kamaytirish va “yashil” texnologiyalarni qo‘llashga katta e’tibor qaratiladi.
Joriy yilda umumiy qiymati 156 million dollarlik 10 ta loyiha ishga tushirilib, 2 ming kishining bandligi ta’minlanadi. 2025 yilda umumiy qiymati 14 million dollarlik 2 ta loyihani amalga oshirib, yana 400 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Marhabo Madaminova, Asliddin Alijonov (video), O‘zA
Comments
0 comment