menu
Samarqanddagi tog‘oldi hududda 100 mln dollarga sayyohlik majmuasi qurilishi kutilmoqda
U uch bosqichda amalga oshirilishi, xorijdan, jumladan, Misr va Ummondan investorlar jalb qilinishi rejalashtirilgan

Misrning Arab Nihol Investors qo‘shma korxonasi Samarqand viloyati Urgut tumanining tog‘oldi hududida sayyohlik majmuasini qurish loyihasida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qo‘shma korxona ta’sischisi, misrlik yirik tadbirkor Ahmad Zeydan bilan muzokaralar o‘tkazildi. Unda Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi tog‘oldi hududlarida 42 gektar yer maydonida sayyohlik majmuasini qurish loyihasi muhokama qilindi.

Loyiha qiymati 100 million dollarni tashkil etib, u uch bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan:

Ta’kidlanishicha, loyihani to‘liq amalga oshirish uchun yana 1000 gektar yer kerak bo‘ladi. Unga xorijdan, jumladan, Misr va Ummondan investorlar jalb qilinadi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 500 ta yangi doimiy ish o‘rni yaratiladi.

Muzokaralar yakunida loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni O‘zbekistonning mutasaddi tashkilotlari bilan muhokama qilish maqsadida alohida uchrashuv tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!