menu
Samarqandda qum-shag‘al qazib olish bilan bog‘liq 52 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 330,4 mln so‘m jarima qo‘llanildi
Jarimalarning umumiy summasi 330 mln 480 ming so‘mni tashkil etgan

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan 2024-yilning fevral oyida viloyatning shahar va tumanlarida o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida qum-shag‘al va tuproq aralashmalarini noqonuniy qazib olish bilan bog‘liq 52 ta holat aniqlangan. Bu haqda Ekovazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Ishtixon tumanida 7 ta, Oqdaryo tumanida 4 ta, Jomboy tumanida 1 ta, Narpay tumanida 1 ta, Kattaqo‘rg‘on tumanida 1 ta, Qo‘shrabot tumanida 19 ta, Payariq tumanida 7 ta, Samarqand tumanida – 1, Nurobod tumanida – 3, Urgut tumanida – 1, Toyloq tumanida – 3, Samarqand shahrida – 4 ta huquqbuzarlik sodir etilgan. 

Aniqlangan holatlar yuzasidan barcha huquqbuzarlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 70-moddasi 1-qismi 1-bandiga (daryolarning o‘zanlarini tozalashga va qirg‘oqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzish) asosan maʼmuriy bayonnoma tuzilgan. 

Jarimalarning umumiy summasi 330 mln 480 ming so‘mni tashkil etgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!