menu
Samarqandda korxona rahbari yarim mlrd so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi 
Holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida korxona rahbari 500 million so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgani aniqlandi.

Xabarga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. “A.Z.” MCHJ rahbari N.B. hududdagi 15 ta xonadonda oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida tijorat banki filialidan ajratilgan 500 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan uskuna va xomashyolarni boshqa shaxslarga sotib yuborgan.

U ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!