menu
Samarqandda 10 yil farzand ko‘rmagan oila to‘rt egizakli bo‘ldi
Egizaklar bir qiz va uch nafari o‘g‘il bola bo‘lib, ularga kerakli muolajalar qilinmoqda

Samarqand viloyatida 10 yil farzand kutgan er-xotin to‘rt nafar egizakli bo‘ldi. Bu haqda “Zo‘r TV” telekanlining “Bu kun” dasturida xabar qilindi.

Shifokorning aytishicha chaqaloqlar to‘liq to‘qqiz oy bo‘lganda operatsiya yo‘li bilan dunyoga keltirilgan. Ularning birinchisi qiz, qolgan 3 nafari o‘g‘il bola. Qizaloq 1 kilo 700, ikkinchi o‘g‘il 1 kilo 500, uchinchi o‘g‘il 2 kilo 200 va to‘rtinchi o‘g‘il 2 kilo 300 gramm og‘irlikda dunyoga keldi.

Egizaklarni dunyoga keltirgan ayol 29 yoshda bo‘lib, uning umumiy ahvoli o‘rtacha.

Ayni paytda chaqaloqlarning ahvoli qoniqarli va ularga kerakli muolajalar qilinmoqda, tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!