menu
Rossiyaning MDH davlatlari bilan hududiy bahslari bormi? Medvedev javob berdi
U Putinning “Rossiyaning chegaralari tugamaydi” degan so‘zlarini esga oldi

Rossiyaning postsovet hududidagi davlatlar bilan hududiy bahslari yo‘q. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Medvedev “Bilim” marafonida “Geografik va strategik chegaralar” mavzusida ma’ruza o‘qidi.


Shuningdek, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari “Ukraina Rossiya emas” degan tushuncha abadiy yo‘qolishi kerakligini aytdi.

U Dneprning ikkala qirg‘og‘idagi hududlar Rossiyaning strategik va tarixiy chegaralari “tarkibiga kirishi”ni aytdi.

U Putinning Rossiya chegaralari “hech qayerda tugamaydi” degan so‘zlarini takrorladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!