menu
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi 
Shuningdek, Tulada ishsiz qolgan fuqarolar bandligi ta’minlandi

Rossiyada murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Rostov-Dondagi “AzovStroy” va Voronejdagi korxonalarda ishlayotgan o‘zbekistonliklar hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Krasnoyarskda fuqaroning ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan pasporti undirib berildi. 

Tulada qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlar Moskva—Namangan yo‘nalishidagi aviareys orqali vatanga qaytarildi. Blagoveshenskda murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarga huquqiy hamda moddiy yordam ko‘rsatildi. Tulada ishsiz qolgan fuqarolar bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, Ufa davlat neft-texnika universitida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!