menu
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi 
Shuningdek, ish haqini ololmayotgan fuqaroga maoshi undirib berildi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati. 

Unga ko‘ra, Permdagi  “PMK”, “StroyIndustriya” va Tuladagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlar va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Tulada 40 ming rubl (5,5 million so‘m) ish haqini ololmagan fuqaroning maoshi undirib berildi. Shuningdek, qiyin ahvolda qolgan fuqaro Moskva—Namangan yo‘nalishidagi aviareys orqali vatanga qaytarildi.

Mamlakatning Moskva shahridagi elchixonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi mutasaddilari Tula davlat universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!