16
qarashlar
qarashlar
Rossiya Mudofaa vazirligi aviahalokat sababini ma’lum qildi
Rossiyaning Il-76 harbiy samolyoti Ivanovo viloyatidagi aerodromdan uchish chog‘ida dvigatel yonishi oqibatida halokatga uchradi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.
Samolyot rejalashtirilgan parvozni amalga oshirishi kerak bo‘lgan. Hodisa Moskva vaqti bilan 13:00 atrofida sodir bo‘lgan.
“Hodisa joyidan olingan xabarga ko‘ra, hodisaga samolyot parvozi chog‘ida dvigatellardan birining yonishi sabab bo‘lgan. Rossiya Aerokosmik kuchlari bosh qo‘mondonligidan iborat komissiya Ivanovo aerodromiga halokat sabablarini aniqlash uchun jo‘nab ketgan”, — deya Mudofaa vazirligi xabar bergan.
Comments
0 comment