menu
Rossiya Ukrainaga yangi aviabombalar bilan zarba berdi
Hujum oqibatida 11 kishi jarohatlandi. Mazkur aviabomba 250 kiloli jangovar kallakni ko‘tara oladi

Rossiya harbiylari Donetsk viloyatining Mirnograd shahrini o‘qqa tutishda yangi aviabombalardan foydalandi. Bu haqda Ukraina mudofaa kuchlari spikeri Dmitriy Lixovoyga tayanib, “RBK-Ukraina” xabar berdi.


Ushbu qurollardan foydalanish Rossiyaning boshqariladigan aviabombalarini yaratishning yangi bosqichidan dalolat beradi.

Rossiya armiyasi 10-mart kuni tunda Mirnogradga hujum qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kishi jarohatlangan. Shaharda vayronagarchiliklar qayd etilgan.

“UMPB D-30SN” havo bombasi Shvetsiyaning GLSDB, Amerikaning Powered JDAM va Fransiyaning AASM bombalarining ruscha analogidir. U 250 kilogram og‘irlikdagi jangovar kallakni ko‘taradi. Bomba yoqilg'i baki va reaktiv dvigatel bilan jihozlanishi mumkin, bu uning parvoz masofasini sezilarli darajada oshiradi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!